Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🗓 HAFTALIK DAYJEST: DEPUTAT NAZORATI VA AMALIY NATIJALAR
янв.21
“Oqostona” mahallasi ahliga rahmat, endi navbat mutasaddilarga!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: 77-sonli oilaviy poliklinikada aholiga dori vositalari yetkazib berilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat va mahalla hamkorligi
янв.21
Uzun tumanidagi 31-sonli MTTda infratuzilmani rivojlantirish ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
MUAMMO VA YECHIM: Oqostona mahallasi aholisining ichimlik suvi ta’minoti tiklandi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlari joylarda fuqarolar muammolarini o‘rganishni davom ettirmoqda.
янв.21
Deputat va saylovchi: Uzun tumanida ochiqlik va hisobdorlikning yangi bosqichi.
янв.21
MAHALLA — ISLOHOTLAR KO‘ZGUSI: DEPUTAT VA "YETTILIK" MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATIDA: MAQSAD — SIFATLI TA’LIM VA ZAMONAVIY INFRATUZILMA
🏥 Tibbiyot punkti faoliyatini tiklash masalasi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Gulmira Safarova tomonidan Ishtixon tumani “Mohpar” mahallasi Xolajon qishlog‘ida joylashgan tibbiy konteyner asosida tashkil etilgan tibbiyot punkti faoliyati yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.

Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida fuqarolar, ayniqsa nuroniylar tomonidan mazkur tibbiyot punkti 2025-yil iyun oyidan buyon faoliyat yuritmayotgani sababli hudud aholisi zarur birlamchi tibbiy xizmatlardan foydalanishda qator noqulayliklarga duch kelayotgani ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan tibbiyot punkti faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish, uning uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda aholiga tezkor birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini tiklash yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi kiritildi.

Slide 1 of 1