#Deputat_faoliyati
Deputat yoshlar bilan muloqotda
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Omonov O‘ktam To‘raqulovich yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rganish hamda ta’lim sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat yoshlarni jamiyat hayotida faol bo‘lishga, tashabbus ko‘rsatishga va o‘z g‘oyalarini amalga oshirishdan cho‘chimay harakat qilishga chaqirdi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)