Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat S. Rajabova “Yangi yo‘l” mahallasida fuqarolar murojaatlarini tingladi.
янв.21
Uzun tumanida aholi farovonligini oshirish, hududlarni obod qilish va ijtimoiy soha obyektlaridagi sharoitlarni yaxshilash borasida tizimli ishlar davom etmoqda.
янв.21
Bepul dori-darmonlar tarqatilishi deputat nazoratida
янв.21
Yangi ro‘zg‘or" mahallasidagi muammolar "24 muhim yo'nalish" asosida tahlil etildi.
янв.21
Yoshlar bilan muloqot: Deputat maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Mahalla muammolari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Sharafli kasb egalari e’zozda!
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo va mahsulotlar zaxirasi deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi
Deputat axborot berdi

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda tizimli va manzilli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur qaror mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, mahalliy Kengashlar deputatlari hamda senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlarining tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan hamkorlikda saylov okruglarida o‘tkaziladigan uchrashuvlari reja-jadvali ishlab chiqilib, tasdiqlangan tartibda ijrosi ta’minlanmoqda. Shu asosda, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga13-Istiqbol saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv ochiq va konstruktiv muloqot shaklida o‘tkazilib, unda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yil mobaynida saylov okrugi tarkibiga kiruvchi mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot taqdim etildi. Jumladan hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ichki yo‘llarni ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni hal etish, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yaxshilash, aholi murojaatlari asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, uchrashuvda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda tegishli kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etib, o‘z vakolatlari doirasida aholining savollariga javob qaytardilar. Tadbir yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan mahalladagi dolzarb muammolar, jumladan, infratuzilma, kommunal xizmatlar sifati hamda ijtimoiy masalalar atroflicha muhokama qilindi va har bir masala yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi shakllantirildi. 

Slide 1 of 7