Xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-47-son qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-48-son qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risidagi masalalar navbatdagi 29-sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.