Жаңалықлар

Hududda oʻrganish ishlari olib borildi

Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida 27-son madaniyat markazida 25 ta toʻgaraklar hamda mental arifmetika va ingliz tili kurslari mavjud boʻlib, toʻgarak va kurslarda 442 nafardan ortiq yoshlar jalb qilingan. Markazda zamonaviy kino zalida bog'cha va maktab oʻquvchilari uchun milliy multfilmlar, oʻsmir yoshlar hamda korxona va tashkilotlar xodimlari uchun jadidlarimiz hayoti va zamonamiz qahramonlari faoliyati toʻgʻrisidagi kino filmlar namoyishlari tashkil etilganligi aniqlandi. Oʻrganish davomida markaz mutasaddilari tomonidan bildirilgan taklif va muammolar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 10