Жаңалықлар

Deputat mahallada

Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashi kotibiyat mudiri, 20-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat G‘ulom Xo‘jamqulov tomonidan Qo‘ng‘irot mahallasida joylashgan 37-maktabda "Mahalla yettiligi" ishtirokida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Dehqonobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori asosida tumandagi og‘ir toifadagi mahallalarda amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalari, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi. 

Ichki yoʻllarni ta’mirlash, ichimlik suvi va elektr ta’minotini yaxshilash, ijtimoiy soha obyektlarini tartibga keltirish kabi chora-tadbirlar aholining yashash sharoitini sezilarli darajada yaxshilashga xizmat qilishi aytib oʻtildi

Slide 1 of 5