Жаңалықлар

Qumqishloq”da obodonchilik ishlari: piyodalar yo‘lagi yangilanmoqda

Shahrisabz tumani “Qumqishloq” mahallasida aholi turmush darajasini yaxshilash va hudud
infratuzilmasini modernizatsiya qilish borasida xayrli ishga qo‘l urildi. Xalq
deputatlari tuman Kengashi deputati Farida Yallaqodirova tashabbusi
bilan mahalladagi piyodalar yo‘lagini hashar yo‘li orqali
asfalt qilish ishlari boshlandi.
 

Ushbu tashabbus nafaqat mahalla ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda, balki aholi,
ayniqsa, nuroniylar va maktab o‘quvchilarining xavfsiz harakatlanishi uchun
munosib sharoit yaratmoqda.
 

   

Slide 1 of 6