Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Mahallada deputat qabuli o‘tkazildi.
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Xabibulla Bozorov O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan Uzun tumani ko‘p tarmoqli poliklinikasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kengash raisining bir kunlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
янв.21
Muammolarga yechim — hamkorlikda
янв.21
Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot uchrashuvi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputatlar aholi murojaatlari asosida muammolarni hal etmoqda
янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi

25-Yangi Toyloq saylov okrugidan saylangan deputat Matluba Aminova saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobot berildi. Xususan, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini hal etish, infratuzilmani yaxshilash hamda yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etildi.

Shuningdek, 2026-yil uchun mo‘ljallangan ustuvor vazifalar va rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan ham atroflicha tushuntirish berildi. Kelgusi yilda hududda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan tashabbuslar, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3