Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Muammolarga yechim — hamkorlikda
янв.21
Navoiy tavalludi munosabati bilan madaniy tadbir o‘tkazildi
янв.21
Suv bilan barqaror ta'minlanganlik yoki ta'minlanmaganlikni deputatlar hal qiladi
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Mahallada deputat qabuli o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Uzun Kengashi deputati Safargul Rajabova 2025-yilning to‘rtinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashuvi:
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Y. Usmonova “Bahor” mahallasi yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalladagi hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglandi.

📌 Fuqarolar tomonidan tibbiy xizmat sifati bo‘yicha muammolar ko‘tarildi. Xususan, 2-sonli oilaviy poliklinikaga qarashli “Bahor-1” filialida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar qoniqarsiz ekani, shifokorlar va patronaj xodimlari aholi bilan yetarli darajada ishlamayotgani ta’kidlandi.

📌 Shuningdek, mahalla binosining juda sovuqligi, isitish tizimi mavjud bo‘lsa-da, mablag‘ yetishmasligi sababli to‘liq ishlamayotgani aytib o‘tildi.

📌 Yana bir muhim masala — bola puli olayotgan ayrim ayollar avtomatik tarzda kambag‘allik ro‘yxatiga kiritilib, natijada kambag‘allik ko‘rsatkichlari sun’iy ravishda oshib borayotgani bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

🔹 Bildirilgan masalalar deputat tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga yetkazish va qonuniy choralar ko‘rish yuzasidan ishlar olib borilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 4