Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Кесканёр маҳалласида пиёдалар учун қулайлик яратилмоқда
янв.21
INSON QADRI UCHUN: EHTIYOJMAND OILALARNING UY-JOYLARI TA’MIRLANMOQDA
янв.21
DEPUTAT DEHQON  MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATINI O‘RGANDI
янв.21
DEPUTAT KESKANYOR MAXALLASIDAMUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT BOYAG‘ON MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATINI O‘RGANDI
янв.21
DEPUTAT  BOYAG‘ON  MAHALLASIDA NE’MATJON TOHIRJANOV XONADONIGA TASHRIF BUYURDI
янв.21
DEPUTAT  BOYAG‘ON  MAHALLASIDAGI TIBBIYOT PUNKTI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: BOYAG‘ON MAHALLASIDAGI O‘RGANISHLAR OLIB BORDI
янв.21
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T.Gapparov rahbarligida Zoom platformasi orqali barcha tuman va shahar Kengashlari mas'ul xodimlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.✔️
22-QASHQAR SAYLOV OKRUGI DEPUTATI 2-CHORAK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI

Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2026-yilning 2-choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi.

Axborotda saylov okrugi hududida olib borilgan o‘rganishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, mahallalardagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, deputatlik so‘rovlari kiritilishi hamda ijro ustidan nazorat olib borish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Mazkur uchrashuv deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida tashkil etilib, Buyuk Turon va Qashqar mahallalaridagi ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasi, yoshlar, xotin-qizlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan fikr almashildi.

Ushbu jarayon “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

Uchrashuv davomida aholining taklif va murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni qonuniy tartibda o‘rganish hamda zarur hollarda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

✅ 22-Qashqar saylov okrugida aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, murojaatlarni joyida o‘rganish va mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5