“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 2026-yil 9-iyundagi VII-22-45-5-72-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan tumandagi yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli, samarali va xavfsiz tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlarini foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish hamda iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan monitoring olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tumandagi 27-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.