Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
SHIFO MASKANIGAGA EKG APPARATI TOPSHIRILDI✔️
янв.21
КОНУН_ИЖРОСИ_АМАЛДА
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
KUNLIK ISH REJA IJROSI AMALDA
янв.21
Камбағалликдан фаровонлик сари🔼
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: AHOLI MUAMMOLARI TINGLANMOQDA
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR TINGLANDI✔️
янв.21
Бугунги кунда ғўза парваришида амалга оширилаётган ҳар бир агротехник жараён — культивация, касаллик ва зараркунандаларга қарши курашиш ва озиқлантириш ишларини ўз вақтида бажариш келгуси ҳосилдорликда ҳал қилувчи аҳамият касб этади.
янв.21
Ёшлар маслаҳат гуруҳи ҳамкорлигида “Заковат” интеллектуал турнири ташкил этилди
📢 Muammo deputatlik nazoratida!

🚧 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Azamat Shermetovich Kalandarov tomonidan saylovchilardan kelib tushgan murojaatlar asosida Bo‘ston mahallasi Maxtumquli ko‘chasining kirish qismidagi 300 metr ichki yo‘lning nosoz holati yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
🛣 O‘rganishlar davomida mazkur yo‘lning avtomobillar va piyodalar harakati uchun yaroqsiz holga kelgani, bu esa fuqarolar xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam, yong‘in xavfsizligi va boshqa maxsus xizmat transport vositalarining erkin harakatlanishiga jiddiy to‘sqinlik qilayotgani aniqlandi.
⚠️ Mavjud muammo mahalla aholisining kundalik qatnovi, maktab o‘quvchilari va piyodalarning xavfsiz harakatlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
📨 Shu munosabat bilan deputat tomonidan Shovot TYFK DM direktori M. Saidov nomiga deputatlik so‘rovi yuborilib, mazkur yo‘lning texnik holatini mutaxassislar ishtirokida o‘rganish, joriy yoki mukammal ta’mirlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish so‘raldi.
⚖️ Deputatlik so‘rovida O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi hamda "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi qonunlari talablari asosida, belgilangan muddatda asoslantirilgan javob taqdim etilishi lozimligi ham eslatib o‘tildi.
🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari hududlardagi mavjud muammolarni o‘rganish, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish va ularning murojaatlariga amaliy yechim topish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.