Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Kanalizatsiya tarmoqlarini tozalash ishlari olib borildi

Aholining yashash sharoitini yaxshilash, kommunal infratuzilmada mavjud muammolarni bartaraf etish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tashabbusi bilan tumanning “Besh-tut” mahallasida joylashgan 14, 15, 16, 17, 20 va 22-ko‘p qavatli uy joylarning magistral kanalizatsiya tarmoqlarida tozalash va ta’mirlash ishlari olib borildi.

🔺Amalga oshirilgan ishlar davomida maxsus texnikalar yordamida kanalizatsiya quvurlari tozalandi, tiqilib qolgan uchastkalar ochildi, quduqlar ko‘rikdan o‘tkazilib, tizimning uzluksiz ishlashi ta’minlandi. Bu esa ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun yanada qulay va xavfsiz sanitariya muhitini yaratishga xizmat qildi.

🔺Deputat ishlar jarayoni bo‘yicha shaxsan nazorat olib borib, mas’ul tashkilotlar va kommunal xizmat vakillari bilan suhbat o‘tkazdi. Kelgusida bunday muammolarning oldini olish maqsadida kanalizatsiya tarmoqlarini rejali ravishda profilaktik tozalash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini muntazam nazorat qilish hamda aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3