Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
SHIFO MASKANIGAGA EKG APPARATI TOPSHIRILDI✔️
янв.21
КОНУН_ИЖРОСИ_АМАЛДА
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
KUNLIK ISH REJA IJROSI AMALDA
янв.21
Камбағалликдан фаровонлик сари🔼
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: AHOLI MUAMMOLARI TINGLANMOQDA
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR TINGLANDI✔️
янв.21
Бугунги кунда ғўза парваришида амалга оширилаётган ҳар бир агротехник жараён — культивация, касаллик ва зараркунандаларга қарши курашиш ва озиқлантириш ишларини ўз вақтида бажариш келгуси ҳосилдорликда ҳал қилувчи аҳамият касб этади.
янв.21
Фуқаролар муаммоларига амалий ечимлар топилмоқда.
“KATTABOG‘” MAHALLASIDA INFRATUZILMA MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA: ICHKI YO‘LLAR VA ELEKTR TARMOG‘I O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati I.Tangirov o‘z saylov okrugiga qarashli “Kattabog‘” mahallasida bo‘lib, navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi.

💬 Tadbir davomida deputat mahalla raisi hamrohligida hududni ko‘zdan kechirib, aholini qiynayotgan eng dolzarb muammolarni tahlil qildi. O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:

1️⃣ Ichki yo‘llarning holati:
• Mahalladagi ta’mirtalab, chang va loy yo‘llar ko‘zdan kechirildi. Aholining, ayniqsa, maktab o‘quvchilarining qatnovi uchun qiyinchilik tug‘dirayotgan ichki ko‘chalarni toshlash va asfalt yotqizish masalasi muhokama qilindi.

2️⃣ Elektr ustunlarining holati:
• Yaroqsiz holatga kelib qolgan, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan eski elektr ustunlari (simyog‘ochlar) o‘rganildi. Kuchli shamol va yog‘ingarchilik kunlarida avariya holatlarini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ushbu ustunlarni yangi beton ustunlarga almashtirish zarurligi qayd etildi.

💬O‘rganish davomida aniqlangan ushbu jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘llarni ta’mirlash hamda elektr tizimini modernizatsiya qilish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga (Termiz shahar Yo‘llardan foydalanish korxonasi hamda Hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga) deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 2