Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
24 ta tavsiya: Xotin-qizlar faollari faoliyati yuzasidan amaliy muloqot

              Jalaquduq tumanida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini
oshirish, muammolarini o‘rganish va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi raisi Sh. Xaytaxunov tumandagi 60 ta mahallada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari tomonidan olib borilayotgan ishlar, aholi bilan muloqotlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishidagi faoliyat yuzasidan suhbatlashdi.Muloqot davomida mahallalarda xotin-qizlar muammolarini manzilli hal etish, ularning
bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, ijtimoiy daftarlar bilan ishlash, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, faollar tomonidan kelgusidagi rejalar va mavjud muammolar yuzasidan takliflar bildirildi.
Tadbirda tuman Kengashi deputatlari M.Turg‘unova, Yo.Tadjibayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Salibayeva ishtirok etdilar. Uchrashuv yakunida xotin-qizlar faollari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda bu borada deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.  

Slide 1 of 4