Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
Deputat Ariq bo‘yi MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati va nafaqalar tayinlanishi holatini o‘rgandi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda davlat tomonidan ajratilayotgan yordamlarning manzilli yetkazilishini ta’minlash bugungi kunda muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda deputat M.S.Mirzayev o‘z saylov okrugidagi Ariq bo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ijtimoiy ishlar holatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va samaradorligi tahlil qilindi. Xususan, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlarining amaldagi tartiblar asosida tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi, ehtiyojmand oilalarni aniqlash mexanizmlari hamda ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamning natijadorligi yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan suhbatlar davomida ularning ijtimoiy xizmatlardan foydalanish jarayonidagi fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirish lozimligi qayd etildi.

Slide 1 of 4