Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
Kotib

Mirzo Ulug‘bek tumani “Bahor” mahallasida “Obod mahalla” dasturi doirasida bosqichma-bosqich keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi “Bahor” okrugi deputati Muzaffar Mamayusupov mahallada ichki yo‘llarni ta’mirlash, kommunikatsiya tizimini yaxshilash, mahalliy investitsiya loyihalarini jalb etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni ko‘rib chiqdi. 

Ushbu mahallada “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari mahalla qiyofasini tubdan o‘zgartirayotir.

Deputat o‘rganish natijalari bo‘yicha qurilish tashkiloti mutasaddilari bilan suhbatlashib, asosiy ko‘chalarga asfalt yotqizish, ichki yo‘llarni betonlash, ko‘chalarga yoritgich chiroqlarini o‘rnatish jarayonlari belgilangan reja muddatlaridan kechiktirmaslik hamda amalga oshirilayotgan ishlarning sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan qo‘shimcha tavsiyalar berdi.

Albatta, inson qadri uchun ezgu g‘oyasi asosida amalga oshirilayotgan bunday o‘zgarishlar nafaqat “Bahor” mahallasi aholisi balki bu ishlarga guvoh bo‘layotgan ko‘pchilik aholining kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada oshirmoqda.

Slide 1 of 3