Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida

Mustaqillik mahallasida maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish bilan bog‘liq holat navbatdagi o‘rganishlar markazida bo‘ldi. Sh. Isamutdinov, I. Ikromov va Z. Temirova hududni aylanib, mavjud vaziyatni bevosita joyida ko‘zdan kechirdilar.

O‘rganish davomida konteyner maydonlarining holati, chiqindilarni olib chiqishdagi uzluksizlik, shuningdek, ayrim nuqtalarda yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilindi. Mahalla aholisi bilan muloqotlar chog‘ida ham tozalikni saqlash va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish masalalari yuzasidan fikrlar tinglandi.

Hududdagi ozodalik faqat xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyatiga emas, balki fuqarolarning kundalik madaniyatiga ham bevosita bog‘liq ekani qayd etildi. Shu bois chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, umumiy foydalanishdagi hududlarni asrash va sanitariya qoidalariga amal qilish har bir fuqaroning mas’uliyati ekani ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, mahallada tozalikni yanada mustahkamlash bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi. Toza muhit esa, avvalo, sog‘lom va farovon hayotning muhim sharti ekanligi yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 4