Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 4-sonli “Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputat I. Raximov tomonidan “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. 

Mazkur uchrashuvda tuman hududidagi tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, mutasaddi xodimlar hamda mahalla faollari ishtirok etib, aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi. 

Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan hududni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish, ijtimoiy soha va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha taklif hamda murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
 

Shuningdek, uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumotlar berildi. 

Bunday ochiq muloqotlar fuqarolarning muammolarini o‘rganish, ularni joyida hal etish hamda aholi va deputatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

🤝 Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar deputatlik faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi va ularning ijrosi doimiy nazoratga olinadi.  

Slide 1 of 3