Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLADAGI HOKIMI YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MUROJAAT IJROSI AMALDA: “SHIFOKOR” MFYDAGI TRANSFORMATOR MUKAMMAL TA’MIRLANMOQDA!
янв.21
“33-OILAVIY POLIKLINIKADA SENATOR VA DEPUTATLAR ISHTIROKIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
SAYYOR QABUL: MUAMMOLARGA JOYIDA YECHIM TOPILMOQDA
янв.21
“Ёшлар маслаҳат гуруҳи доирасида ёшлар билан учрашув ташкил этилди”
янв.21
“КЕСКАНЁР” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ПИЁДАЛАР ЙЎЛАКЧАСИ БАРПО ЭТИЛИШИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Фуқаро мурожаати юзасидан 33-оилавий поликникида ўрганиш ишлари амалга оширилди.
янв.21
Аҳоли хавфсизлигини таъминлаш, йўл-транспорт ҳодисаларининг олдини олиш ҳамда пиёдалар учун қулай шароит яратиш мақсадида Уйчи туман йўллардан фойдаланиш давлат муассасаси томонидан муҳим амалий ишлар олиб борилмоқда.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PQ–406-sonli qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori ijrosi doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ko‘tarilgan dolzarb masalalar o‘rganildi.

Deputatlar tomonidan joylarga chiqib o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan bir qator ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolar yuzasidan takliflar shakllantirilib, joriy yilning 26-may kuni Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan Marg‘ilon shahar hokimining birinchi o‘rinbosariga 2-08/64-sonli rasmiy xat kiritildi.

Mazkur takliflarning barchasi aholi murojaatlari va hududlarda aniqlangan ehtiyojlardan kelib chiqib shakllantirilgan bo‘lib, ularni 2027-yil Davlat dasturi hamda hududiy investitsiya dasturlariga kiritish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan saylovchilar murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar oldiga qo‘yish va ularning yechimi yuzasidan amaliy tashabbuslar ilgari surish ishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1