Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
#deputat_hududlarda!

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 6-Mirzayon saylov okrugidan saylangan deputat G‘.Hamroyevga Mirzayon va To‘prez qishloqlarida yashovchi faollar tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda mazkur qishloqlar hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatiga ega 80V138 hududlararo avtomobil yo‘lining ta’mirtalab ahvolga kelib qolganligi, shuningdek, 41-hamda 42-umumiy o‘rta ta’lim maktablari oralig‘idagi avtomobil yo‘llari joriy ta’mirga muhtoj ekani bildirildi.
✔️Fuqarolar yo‘llardagi nosoz holat aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani, ayniqsa, o‘quvchilar va transport harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlab, muammoni hal etishda amaliy yordam so‘rashgan.
✔️Mazkur murojaat yuzasidan deputat G‘.Hamroyev tomonidan tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi direktori M.Hamroyev nomiga deputat so‘rovi yuborildi. Unda ushbu yo‘llarni o‘rganib chiqish, ta’mirlash ishlarini tashkil etish hamda aholi uchun xavfsiz va qulay harakat sharoitini yaratish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.

Slide 1 of 2