Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
HUDUDLAR INFRASTRUKTURASINI YAXSHILASH UCHUN MAXSUS TEXNIKALAR XARID QILINADI

✍️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 30-apreldagi VII-26-53-7-101-K/26-son qaroriga asosan, tumanda ichki yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida zarur maxsus texnikalarni xarid qilish uchun mablag‘lar ajratildi.

🚌Qarorga muvofiq, mahallalar ichki ko‘chalarida piyodalar yo‘laklarini qurish ishlarini samarali tashkil etish va qulaylik yaratish maqsadida “Samazagruzichniy mikser CTS CARMIX” maxsus avtomashinasini xarid qilish uchun 470 million so‘m mablag‘ ajratildi.

🚛Shuningdek, ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida 2 dona “HAWO” rusumli yuk tashish maxsus avtomashinasini sotib olish uchun 2 milliard 152 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilandi.

🚛Mazkur texnikalar orqali tumandagi ichki yo‘llar holatini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini yanada samarali tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Slide 1 of 1