Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Zomin tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Alisher Abdug‘aniyevning bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

“Kelajak haqida gaplashamiz” mavzusida tashkil etilgan mazkur ochiq muloqot yoshlarning kelajak rejalari, ta’lim olish, kasb tanlash hamda jamiyatdagi faolligini oshirish masalalariga bag‘ishlandi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan dasturlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Alisher Abdug‘aniyev o‘z so‘zida bugungi kunda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi, xorijiy tillarni o‘rganishi, axborot texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirishi davr talabi ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik, mas’uliyat va tashabbuskorlik ruhida tarbiyalash muhim vazifa ekani qayd etildi.

Tadbir davomida bitiruvchi yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularni aniq maqsad sari ruhlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 4