Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Kengash_faoliyati

Hududlarda infratuzilma va yo‘l harakati xavfsizlik masalalari o‘rganilmoqda

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi Jurayev Erkinjon Normurodovich tuman Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev hamda tuman Kengashi deputatlari O.Ishpo'latov, N.Allamuratova, I.Xalmatov, S.Shaydilovlar kunlik ish reja ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda amaliy o‘rganishlar olib bordi.

✅Jumladan, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida “Bektepa” mahalla fuqarolar yig‘inlarida yo‘l infratuzilmasi, ko‘cha yoritilishi va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalalari atroflicha tahlil qilindi.

✅O‘rganishlar davomida mahallalardagi ichki yo‘llarning holati, tungi yoritish tizimining mavjudligi hamda uning samaradorligi ko‘zdan kechirildi. Ayrim hududlarda yoritish chiroqlarining yetarli emasligi, yo‘l belgilarining kamligi va piyodalar xavfsizligini ta’minlashga doir muammolar mavjudligi aniqlandi.

✅Mutasaddilar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi. Xususan, yo‘llarni ta’mirlash, qo‘shimcha yoritish vositalarini o‘rnatish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik choralarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

✅Mazkur o‘rganishlar aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda infratuzilmani yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1