Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Joriy yilining, 7-may kuni Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashiga 20-“Yo‘lchilar” saylov okrugidan saylangan deputat G.Allanova hamda Kengash kotibiyati mudiri M.Kamolovalar tomonidan “Yo‘lchilar” ovulida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, imtiyozli kreditlar ajratish va mikroloyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir qator samarali ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.

Jumladan, hisobot davrida jami 26 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan bo‘lib, shundan:

— 19 nafari o‘zini o‘zi band qilish orqali,

— 7 nafari savdo sohasida faoliyat boshlashi orqali ish bilan ta’minlangan.

Shuningdek, 19 nafar fuqaroga jami 293 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olishida amaliy yordam ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, 7 nafar fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun 700 million so‘m kredit ajratilishiga ko‘maklashilgan.

Bugungi kunda yana 5 nafar fuqaroning kredit olishlari uchun hujjatlari tayyorlanib, tijorat banklariga topshirilgan.

2026-yil davomida ovul hududida 15 ta mikroloyiha ishga tushirilgan bo‘lib, yana 5 ta loyiha ishga tushirish jarayonida ekani ma’lum qilindi. Mazkur loyihalar orqali yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholining daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Kambag‘allik reyestrida turuvchi 8 nafar fuqaroning doimiy bandligi ta’minlangan. Bundan tashqari:

— 4 nafar fuqaro maktabgacha ta’lim tashkilotlariga,

— 2 nafar fuqaro obodonlashtirish bo‘limiga,

— 2 nafar fuqaro tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirilgan.

Yoshlar bandligini ta’minlash yo‘nalishida ham tizimli ishlar olib borilib, 30 yoshgacha bo‘lgan 32 nafar yoshlarning bandligi ta’minlangan.

Shuningdek, 13 nafar fuqaro turli kasb-hunarlarga o‘qitilgan bo‘lsa, 3 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun “K-savdo” hududidan yer maydoni olishida amaliy yordam ko‘rsatilgan.

O‘rganish yakunida mutasaddilar tomonidan mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholi bandligini yanada oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda yangi tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3