Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Yoshlar maslahat guruhi vakillari talabalar sport festivalida ishtirok etdi

Yoshlar maslahat guruhi vakillari talabalar sport festivalida ishtirok etdi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M. Kalonov hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari — Maqsudova Alina Xurshidovna, Norqulova Madina Hamza qizi va Jalolova Lobarxonlar Navoiy davlat universitetida tashkil etilgan talabalar sport festivalida ishtirok etdilar.

Yurtimizda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida talabalar sport festivali keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda.

Mazkur festival doirasida Navoiy davlat universiteti talabalari o‘rtasida sportning 10 ta turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Bellashuvlar jarayonida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, matonati hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etib, munosib raqobat olib bordilar.

Tadbir davomida sportning yoshlar hayotidagi ahamiyati, ularni vatanparvarlik, intizom va sog‘lom turmush tarzi ruhida tarbiyalashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

Sport festivali nafaqat sog‘lom raqobat muhitini yaratdi, balki talabalar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va irodani mustahkamlashga ham xizmat qildi. Bugungi kunda bunday keng qamrovli sport tadbirlari respublikamizning turli hududlarida izchil tashkil etilib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3