Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Murojaatlar deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 3-Romish saylov okrugidan saylangan deputat R.Bozorova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov va bosh mutaxassis R.Murodovlar hamkorligida “Romish” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

✔️Uchrashuv davomida aholi tomonidan hududdagi ayrim ichki yo‘llarning holati yuzasidan muammolar borligi bildirildi. Fuqarolar ichki ko‘chalarda harakatlanish qiyinlashayotgani, ayniqsa yomg‘irli kunlarda bu muammo yanada sezilayotganini ta’kidlab, yo‘llarni shag‘allashtirishga amaliy yordam so‘radilar.

✔️Murojaatlar yuzasidan deputat R.Bozorova muammoni joyiga chiqqan holda o‘rganib, mavjud holat bilan yaqindan tanishdi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, muammoni bartaraf etish maqsadida tuman hokimining o‘rinbosari X.Bafoyev nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

✔️Uchrashuv davomida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularga yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, hududlardagi dolzarb muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish ishlari izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 7