Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Ayni damda Xalq deputatlari Boysun tuman kengashining navbatdagi 23-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni damda Xalq deputatlari Boysun tuman kengashining navbatdagi 23-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. 

✅ Sessiya ishini tuman Kengashi raisi B.K.Xaitov olib bormoqda.  

✅ Mazkur sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar o‘rin olgan:

✅Tuman prokuraturasi tomonidan 2026-yilning 1-choragi davomida Kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, omillarini bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan choralar to‘g‘risida.

✅Tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2026-yilning 1-choragi davomida jinoyatchilikning har bir soha va turi bo‘yicha oldini olish, omillarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

✅Boysun tuman soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning 1-choragida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langan mablag‘lar hamda soliq qarzdorligini qisqartirish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

✅Boysun tumanidagi fermer xo‘jaliklari va boshqa suv iste’molchilarga 2026-yil vegetatsiya davrida sug‘orish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash to‘g‘risida.

Tuman hududida

✅2026-yilning 1-choragi mobaynida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda “Mening bog‘im” loyihasi doirasida yangi bog‘ tashkil etish to‘g‘risida.

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-yanvardagi Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risidagi PF-17-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida.

Xalq deputatlari tuman Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

✅Boshqa masalalar.

✅ Sessiya ishini tuman hokimligi Axborot xizmatining yuo tube (https://www.youtube.com/live/abA0hHj9FX8?feature=shared) tarmog‘i orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz hamda o‘z fikr mulohazalaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.

Slide 1 of 1