Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
5-Charx Kamolon okrugida aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

5-Charx Kamolon okrugi deputati XDP a'zosi Mahmudova Donoxon Artikovna tashabbusi bilan okrug hududidagi 2-Charx Kamolon hamda 3-Charx Kamolon mahallalarida aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida mahalla aholisi tajribali va malakali shifokorlar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Fuqarolarning qon bosimi, yurak-qon tomir tizimi, umumiy salomatlik holati tekshirilib, zarur tavsiya va yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, surunkali kasalliklarning oldini olish, kasalliklarni erta aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tibbiy ko‘rikni tashkil etishdan asosiy maqsad — aholining, ayniqsa, keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar hamda xotin-qizlarning salomatligini nazorat qilish, ularga sifatli tibbiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan tibbiy masalalar yuzasidan mutaxassislar bilan suhbatlashib, kerakli tavsiyalar oldilar. Mahalla aholisi tomonidan bunday ezgu tashabbus yuqori baholanib, inson salomatligini qadrlash va aholi manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi amaliy ishlar uchun tashakkur bildirildi.

Deputat tomonidan hududlarda aholining muammolarini o‘rganish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda sog‘lom jamiyatni shakllantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur tadbir “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun hamda aholining salomatligini mustahkamlashga qaratilgan davlat dasturlari ijrosi doirasida tashkil etildi.

Slide 1 of 6