Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Rasulova tomonidan Qo‘qon shahar “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida mahalla nuroniylari, xotin-qizlar faoli hamda nizoli oilalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Rasulova tomonidan Qo‘qon shahar “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida mahalla nuroniylari, xotin-qizlar faoli hamda nizoli oilalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy va ma’naviy bilimlarni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar bilan ochiq muloqot olib borilib, dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, erta nikoh va erta tug‘ruqning oldini olish, qizlar tarbiyasi va odobi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari, o‘quvchi-qizlarni ta’limga jalb etish hamda milliy liboslarning ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, nizoli vaziyatlarni bartaraf etish hamda o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash borasida tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida bunday uchrashuvlar jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirish, yosh avlodni to‘g‘ri tarbiyalash hamda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3