Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish davomida bir qator ijobiy natijalar qayd etildi.

Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlardan 12 nafari ish bilan ta’minlangan. Shuningdek, 2 nafar ishsiz xotin-qizning oilaviy ahvoli o‘rganilib, ularni uy sharoitida tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi va o‘zini o‘zi band qilishi maqsadida subsidiya olish uchun ariza topshirilgan.

Mahalladagi boquvchisini yo‘qotgan va ehtiyojmand 11 nafar xotin-qizga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilgan. Navro‘z umumxalq bayrami esa mahalla aholisi ishtirokida ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan.

Bundan tashqari, tibbiy yordamga muhtoj ayollarning sog‘lig‘i mahalla shifokori va hamshiralar bilan hamkorlikda o‘rganilib, ularga bepul dori-darmon yetkazib berilgan hamda mahalla tomonidan moddiy yordam ajratilgan.

O‘rganish davomida 15 nafardan ortiq xotin-qiz kasanachilik bilan, 60 nafardan ortig‘i esa kunlik ishlar orqali o‘z oilasi daromadiga hissa qo‘shib kelayotgani qayd etildi.

Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida ham samarali ishlar amalga oshirilib, 6 ta oilaning ajrimi oldi olingani alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 2