Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Oltiariq tumanida saylovchilar bilan uchrashuv va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

 Oltiariq tumanida saylovchilar bilan uchrashuv va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. 

 Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi raisi, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X.Raximov 2-sonli Sanoat texnikumida tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvda ishtirok etdi. Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, hududdagi dolzarb masalalar, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha o‘rganilib, tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi. Shuningdek, mazkur tadbir doirasida mutasaddilar
hamkorligida bepul tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi. Tibbiy ko‘rik jarayonida malakali shifokorlar tomonidan fuqarolar chuqurlashtirilgan tarzda tekshiruvdan o‘tkazilib, zarur tavsiya va maslahatlar berildi.
E’tiborlisi, ushbu tibbiy ko‘rikda 100 nafardan ortiq aholi vakillari ishtirok etib, o‘z salomatliklarini tekshirtirish
imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida ko‘rik zamonaviy sharoitlarda, tartibli va
navbatsiz tizim asosida tashkil etilib, fuqarolar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Mazkur tadbir aholi
bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda ijtimoiy himoyani yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
  

Slide 1 of 8