Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.O'tayev 28-aprel ish rejasi ijrosini ta'minlash bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” doirasida belgilangan vazifalar ijrosini muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Mazkur yig‘ilishda tuman deputatlari, kotibiyat mas’ul xodimlari hamda tegishli tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etdi. Unda Sardoba tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi holati manzilli o‘rganilib, har bir yo‘nalish kesimida aniq natijalar va mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.

Yig‘ilish davomida ijro intizomini yana-da mustahkamlash, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, shuningdek, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalarni jadallashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar asosida har bir chora-tadbir yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Ta’kidlanganidek, mazkur “yo‘l xaritalari” ijrosini samarali ta’minlash, hududda barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish va aholi turmush darajasini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yig‘ilish yakunida barcha mas’ullarga ijroni tizimli tashkil etish va doimiy nazoratga olish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1