Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
Yoshlar sporti e’tiborda: Deputat 11-maktabdagi sport infratuzilmasini o‘rgandi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Qobil To‘rayev tomonidan yoshlar sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida Guliston shahri Ahillik mahallasida joylashgan 11-son umumta’lim maktabida monitoring o‘tkazildi.

🔸O‘rganish davomida maktabning sport zali, undagi sport anjomlari mavjudligi, jihozlarning texnik holati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sport infratuzilmasi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🔺Shuningdek, deputat tomonidan sport zali atrofida mavjud bo‘lgan bo‘sh hududlardan yanada samarali foydalanish, ushbu maydonlarni qo‘shimcha sport va sog‘lomlashtirish infratuzilmasiga moslashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, ta’lim muassasalarida mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hamda sport infratuzilmasini kengaytirish yoshlarning jismoniy kamoloti va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim omil hisoblanadi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, bu boradagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettirilishi bildirildi.

✅Yoshlar uchun yaratilayotgan har bir sport maydoni — kelajak avlod salomatligiga qaratilgan sarmoyadir.

Slide 1 of 2