Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📝Mazkur yig‘ilishga doimiy komissiya raisi Karimova Xilola Qadamboyevna raislik qildi.
❗️Yig‘ilish davomida hududda korrupsiyaning oldini olish, qonuniylikni ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi.
✅Shuningdek, mas’ul tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlar, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha hamkorlik ishlari ham ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan tizimdagi kamchiliklarni bartaraf etish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholining huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.
📁Yig‘ilish yuqori saviyada tashkil etilib, uning samarali o‘tishida Kotibiyat xodimlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.