Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
Istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov, kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan tuman markazi G‘azalkent shahrida joylashgan “Bog‘i Eram” istirohat bog‘i amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida bog‘ hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, jumladan, yo‘laklar ta’miri, yashil hududlarni tartibga keltirish, yoritish tizimini yangilash, bolalar o‘yin maydonchalari hamda dam olish uchun mo‘ljallangan infratuzilmaning barpo etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, qurilish ishlarida qo‘llanilayotgan materiallar sifati, xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi va belgilangan loyiha talablariga muvofiqlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔷Shuningdek, qurilish ishlarini amalga oshirayotgan “Yuksak Ta’lim Ta’mir” MChJ pudratchi tashkilot vakillari bilan suhbatlashilib, ishlar jadvali, bajarilish sur’ati hamda yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilindi.

🔷Shu bilan birga, qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, fuqarolar uchun qulay va zamonaviy dam olish maskanini yaratish muhimligini ta’kidladi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarning samaradorligini oshirish hamda jamoatchilik manfaatlarini inobatga olgan holda ish olib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔷O‘rganish yakuniga ko‘ra, mazkur obyektdagi ishlar doimiy deputatlik nazoratiga olinib, belgilangan reja asosida ularning ijrosi ta’minlanishi yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 6