Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 23-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash raisi Dadamatov Faxritdin Janobovich, tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich, tuman Kengashi deputatlari, viloyat Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Sessiya “Parkent T. Deputatlar Kengashi” facebook sahifasi orqali onlayn tarzda yoritildi. Sessiyada tuman hayotiga oid qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan Parkent tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurorining axboroti eshitildi. Tumanda 2026-yilning birinchi choragi davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti tinglandi. Parkent tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari mablag‘laridan foydalanish masalasi muhokama qilindi. Tuman Adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning birinchi choragi davomida qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash jarayonida aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan axborot berildi. Parkent tumanida 2026-yil vegetatsiya davri uchun yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash hamda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktorining suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqildi. Savol-javoblarga boy, ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 14