“To‘raqo‘rg‘on tumanida “Uy parranda” MCHJ faoliyati bilan tanishuv o‘tkazildi”
10-Ibrat saylov okrugidan xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputat, senator Ikromxon Najmiddinov hamda xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi M.Soyibboyevlar tumandagi “Shoxidon Nurli Diyori” kichik sanoat zonasida joylashgan “Uy parranda” MCHJ faoliyati bilan tanishdilar.
Tashrif davomida korxonada yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan shart-sharoitlar hamda kelgusidagi rivojlantirish rejalari o‘rganildi. Mutasaddilar tomonidan korxona faoliyatini yanada kengaytirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini eshitdilar.