Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
XAVFSIZ JAMIYAT — YORQIN KELAJAK !!!

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 12-Sarbontepa saylov okrugi deputati O‘.Sayidaliyev hududdagi 22-maktab o‘quvchilari bilan uchrashib, jamiyatda dolzarb bo‘lib turgan ikki muhim masala — jinoyatchilikning oldini olish va yo‘l-transport hodisalarining halokatli oqibatlari haqida suhbatlashdi. 

Uchrashuv davomida o‘quvchilarga qonunlarga hurmat bilan qarash, huquqbuzarliklardan yiroq bo‘lish hamda har bir inson o‘z xatti-harakati uchun javobgar ekanligi alohida ta’kidlandi.

Deputat yoshlar orasida sodir etilayotgan jinoyatlar ko‘pincha maktab o‘quvchilari ekani achinarli holatdaligi ularning beparvolik, noto‘g‘ri muhit va yetarli tushunchaning yo‘qligi sabab yuzaga kelishini aytib o‘tdi. Shu boisdan o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sport va ta’limga e’tibor qaratish, ijobiy do‘stlar orttirishga chaqirdi.

Shuningdek, maktab qatnov yo‘li yoqasida bo‘lganligi va yo‘l harakati qoidalariga amal qilishning ahamiyati haqida ham batafsil to‘xtalib o‘tildi. Har yili ko‘plab yo‘l-transport hodisalari inson hayotiga zomin bo‘layotgani, ayniqsa yoshlar orasida bunday holatlar ko‘p uchrayotgani afsus bilan qayd etildi. O‘quvchilarga piyodalar uchun belgilangan qoidalarga amal qilish, yo‘lni faqat belgilangan joylardan kesib o‘tish va transport vositalarida xavfsizlik choralariga rioya qilish zarurligi tushuntirildi.

BIZNI IJTIMOIY TARMOQLARDA KUZATING;

📱 Web.sayt (http://kengash.gov.uz/) 📱 Telegram (http://t.me/kengash_buloqboshi) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/) 📱 Youtube (https://www.youtube.com/@Kengash_Buloqboshi) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/@Kengash_buloqboshi)

Slide 1 of 3