Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 7-chaqiriq, 28-sessiyasi videokonfrensiya shaklida bo‘lib o‘tdi.

#sessiya

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 7-chaqiriq, 28-sessiyasi videokonfrensiya shaklida bo‘lib o‘tdi. 

Kun tartibidagi O‘rta Chirchiq tumani hududida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risida masala yuzasidan Viloyat hokimligi Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish Sho‘basi mudiri B.Xusanboyev axboroti eshitildi.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) ishtirokidagi “Agrobiznes uchun samarali yechimlar: yuqori daromad, investitsiya va barqarorlik” bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha konsepsiyasini kelishish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish va innovatsiyalarni joriy etish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari — Investitsiyalar va xorijiy grantlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Akramov to'liq ma'lumot berib o'tdi va deputatlar muhokama qilib loyiha konsepsiyasi tasdiqlandi.

Ohangaron tumanidagi “Silk Invest Group Limited” mas’uliyati cheklangan jamiyatga yer solig‘i bo‘yicha soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish imkoniyatini berish to‘g‘risida masala ko'rib chiqilib, deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining va doimiy komissiyalarning 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi.

Kun tartibidagi masalalar bo’yicha tegishli doimiy komissiyalarning xulosalari o’qib eshitirildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

https://t.me/TV_Kengash

Slide 1 of 4