Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
#Маҳалла_еттилиги_фаолияти
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI VA KOMISSIYA RAISI ISHTIROKIDA IXTISOSLASHTIRILGAN BOG‘CHA XODIMLARI ANONIM TESTDAN O‘TKAZILDI.
янв.21
“ОБОД”НИНГ ЯНГИ БИНОСИ
янв.21
#Депутат_назорати
янв.21
DEPUTAT E’TIBORIDA: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат сўрови ижобий хал бўлди.
#Andijon #ShaharKengashi #XalqDeputatlari #Yigʻilish #IjroIntizomi #FuqarolarMurojaati #MahalliyKengash 🔹 Andijon shahar Kengashida ustuvor vazifalar belgilab olindi

#Andijon #ShaharKengashi #XalqDeputatlari #Yigʻilish #IjroIntizomi #FuqarolarMurojaati #MahalliyKengash

🔹 Andijon shahar Kengashida ustuvor vazifalar belgilab olindi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R.Ziyayev hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva ishtirokida, shuningdek, shahar Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari bilan birgalikda navbatdagi ishchi yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida haftalik ish rejalarini puxta ishlab chiqish, ularning ijrosini tizimli va doimiy nazoratga olish, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida, samarali va tezkorlik bilan ko‘rib chiqish, shuningdek ijro intizomiga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar muhokama etildi hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolariga deputatlarning sessiyalardagi faolligini oshirish, saylovchilar oldida muntazam hisobot berish, hududlardagi muammolarni chuqur o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar kelgusida ham tizimli ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 4