Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Muammo joyiga chiqib o‘rganildi: Mirishkorlar ko‘chasidagi yo‘l masalasi nazoratga olindi

📍Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Nargiza Zafarova tomonidan Do‘stlik mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida hududga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🔸O‘rganish jarayonida mahallaning Mirishkorlar ko‘chasidagi ichki yo‘lning holati qoniqarsiz ekani aniqlandi. Mazkur yo‘l avval asfalt qoplamali bo‘lgan bo‘lsa-da, uzoq yillar davomida ta’mirlanmaganligi sababli jiddiy darajada yemirilgan, katta-katta o‘yiq va chuqurlar paydo bo‘lgan. Natijada na piyodalar, na transport vositalari uchun qulay harakatlanish imkoniyati qolmagan.

🔹Ushbu holat aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lib, ayniqsa yomg‘irli kunlarda vaziyat yanada og‘irlashayotgani ta’kidlandi.

🔺Deputat Nargiza Zafarova tomonidan muammo joyida o‘rganilib, masalani bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilish hamda yo‘lni ta’mirlash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish zarurligi bildirildi.

🔎Mazkur masala deputat nazoratiga olinib, uning ijobiy hal etilishi bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 3