Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

Memorandumni imzolashdan maqsad:

✅ “Birlamchi bepul huquqiy maslahat” loyihasi doirasida mahallalarda deputat ishtirokida bo‘lib o‘tadigan “Deputat qabuli”, “Sayyor qabul”larda “Madad” NNT ma’sullari bilan hamkorlikda aholining muammolariga huquqiy masalalar bo‘yicha huquqiy javob, masalani hal etish yuzasidan oflayn va onlayn maslahat olish va tushuntirishlar berish yo‘li bilan birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish;

✅ Kengash sessiyalari kun tartibida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan ayrim, meyoriy tusdagi masalalarni tayyorlashda huquqiy maslahat olish;

✅ fuqarolar tomonidan huquqiy maslahat olishga oid so‘rovlarni tahlil qilib borish, tahlil natijasiga ko‘ra huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan Kengash deputatlari bilan birgalikda takliflar ishlab chiqish;

✅ aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda innovatsion usullarni, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan foydalanish, shuningdek, yana bir qator ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda aholiga huquqiy maslahat berish doirasida hamkorlik qilish belgilandi.

Memorandumni imzolash marosimida “Madad” NNT ijrochi direktori Sh.K.Saidov, NNT ma’sullari hamda Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi raisi X.Z.Kayumov, deputatlar F.A.Muxitdinova, M.Sh.Mullaboyev, A.B.Mamanazarov, A.A.Karimov va O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Mirobod tuman bo‘limi rahbari M.M.Axmadjonov ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 19