Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Jamoat transporti qatnovi o‘rganildi.

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, deputatlar F.Axmedov, A.Mannobov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanda aholiga yo‘lovchi tashish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida G‘azalkent-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatayotgan “Bo‘stonliq Uchar Tulpor” MChJga tegishli mikroavtobuslarda yo‘lovchilarga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi va aholi vakillarining xizmat sifati bo‘yicha fikrlari tinglandi.

Shuningdek, G‘azalkent-Xumson yo‘nalishida “Chorvoq Media Star” MChJga tegishli bo‘lgan 4 dona kichik avtobus va 25 ta Damas avtomashinalari yo‘lovchilarga tashish xizmatini ko‘rsatib kelayotganligi aniqlandi.

🔷Yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari tomonlaridan G‘azalkent shahrining Xotira maydoni oldida jamoat transportlarining yo‘lovchilarni tushirib-chiqarish uchun to‘xtashlari natijasida tirbandliklar yuzaga kelayotganligi haqida ma’lumot berilib, ushbu tirbandliklarni bartaraf etish maqsadida shu hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga tegishli avtoturargoh hududida jamoat transportlari to‘xtashlari uchun bekat tashkil qilish taklifi bildirildi.

🔷Ushbu muammoga qonuniy yechim topish uchun tuman hokimligi mas’ullariga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi kelishib olindi.

Slide 1 of 6