Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Hudud tinchligi — ustuvor vazifa: muammolar joyida o‘rganilmoqda

 

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Nigoroy Rustamova tomonidan Taraqqiyot mahallasida “yettilik” a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda hududda jinoyatchilik holati, xususan mahallanining “qizil toifa”ga kirib qolish sabablari atroflicha muhokama qilindi. Mutasaddilar tomonidan mavjud muammolar, ularning kelib chiqish omillari hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Suhbat davomida asosiy e’tibor huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarni hal etish orqali hududda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalariga qaratildi.

✅ Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududda jinoyatchilikni kamaytirish, aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash hamda fuqarolarning turmush farovonligini oshirishdan iborat.

🔹 Yakunda deputat tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan doimiy nazorat olib borilishi, belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan muntazam monitoring o‘tkazilishi ta’kidlandi.