Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Navoiy shahrida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi

Navoiy shahrida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi

Joriy yilning 31-mart kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar kengashi kotibiyati mudiri J. Hafizov hamda shahar kengashi deputati F. Ro‘ziqulov tomonidan Navoiy shahrida aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar, xususan, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish jarayonlari davomida “Stimul Navoiy” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan xizmatlar atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, shahardagi 33 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududida chiqindilarni to‘plash va olib chiqish tizimi amaldagi tartiblar asosida yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi.Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 95-sonli qaroriga muvofiq, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholidan maishiy chiqindilar har kuni bir marotaba muntazam ravishda olib chiqilmoqda. Shu bilan birga, yakka tartibdagi xonadonlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun chiqindilarni olib chiqish xizmatlari signal usulida, ya’ni har uch kunda bir marotaba tashkil etilgan.O‘rganish davomida mazkur xizmatlarni amalga oshirish uchun shaharda jami 12 ta maxsus texnika jalb etilgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu texnikalar orqali chiqindilarni belgilangan jadval asosida o‘z vaqtida olib chiqishga harakat qilinmoqda.Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida ayrim hududlarda xizmat sifatini yanada oshirish, aholiga qulayliklar yaratish va chiqindilarni saralash madaniyatini shakllantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.Mas’ullar tomonidan sohadagi ishlarni yanada takomillashtirish, texnik imkoniyatlarni kengaytirish va aholi bilan tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.Mazkur o‘rganish ishlari aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish, shahar tozaligi va ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 9