Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTATLIK NAZORATI

📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Xakimova tomonidan “Boybuloq” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla hududi hamda undagi ijtimoiy obyektlar bilan bog‘liq mavjud muammolar o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida Sherobod tumanida 2025-yilning

2-mavsumi doirasida, 15-iyuldan 31-avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Openbudjet.uz” rasmiy veb-sayti orqali tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan SMS ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan, eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflarni moliyalashtirish uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi 2025-yil 12-sentabrdagi VII-15-119-8-119-K/25-sonli qaror ijrosi yuzasidan “Boybuloq” mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratiga olindi.

Xususan, Sherobod tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli 80-sonli Oilaviy poliklinikasini qayta ta'mirlash va qo‘shimcha binolar qurish ishlari yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi hamda mas’ul tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborildi. Ushbu masalalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Slide 1 of 5