Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Deputatlik nazorati amalda

Muzrabot tumani hokimi, Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati A.Mamatqulov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat D.Sherboyevlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son Qaroriga asosan 2025-2026-yillarda ichki yoʻllarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlariga ajratiladigan mablagʻlar parametrlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tumandagi “Bodomzor” mahallasida o‘rganish olib bordilar.

Hozirda mahallada quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan:

- ichki yo‘llarni ta’mirlash doirasida “Shayiti” guzariga 1,6 km va “Ko‘chkak” guzariga 0,8 km tosh-shag‘al aralashmasi yotqizildi, “Markaz” ko‘chasining 0,480 km qismi asfalt qoplama bilan ta’mirlandi.

- Jami 2,98 km ichki yo‘llar ta’mirlanib, shu jumlaga 0,48 km asfalt qoplama va 2,4 km tosh-shag‘al aralashmasi yotqizilib, asfalt qoplamani olishga tayyor holga keltirildi.

Mazkur jarayonlar Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari tomonidan doimiy nazoratga olinib, bajarilayotgan ishlarning sifati joyida o‘rganilmoqda.

Olib borilayotgan ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholiga yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 9