Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati B. Ochildiyev deputatlar o‘z okruglarida o‘rganishlar olib borishi yuzasidan ishlab chiqilgan haftalik taqsimotga ko‘ra tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev bilan birgalikda joylarga chiqdi.

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati B. Ochildiyev deputatlar o‘z okruglarida o‘rganishlar olib borishi yuzasidan ishlab chiqilgan haftalik taqsimotga ko‘ra tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev bilan birgalikda joylarga chiqdi.

👥 O‘rganish davomida deputatlar Qiziriq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasiga muvofiq ish olib bordi.

📌 Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-386-sonli qarori asosida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

🏗️ Jumladan, tuman markazidagi “Yetimqum” mahallasi hududidan o‘tgan R-100 avtomobil yo‘li bo‘yidagi kollektordan foydalanishni takomillashtirish, uni yopiq tizimga o‘tkazish orqali hosil bo‘lgan qo‘shimcha yer maydonlaridan samarali foydalanish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Ushbu hududda savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, aholiga qulayliklar yaratish hamda hudud iqtisodiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

👥 Shuningdek, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

⚡️ Mazkur o‘rganishlar hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, investitsion jozibadorlikni oshirish, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish hamda aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.

 (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 3