Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
MAHALLALARDA AHOLI VA BOLALAR UCHUN SPORT INSHOOTLARI, UMUMTA’LIM MAKTABLARI SPORT ZALLARI VA ULARDAGI SPORT ANJOMLARI MAVJUDLIGI, ULARNING JIHOZLARI HOLATI.

Mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida mavjud sport inshootlari, umumta’lim maktablarining
sport zallari hamda ulardagi sport anjomlarining mavjudligi va texnik holati atroflicha o‘rganilmoqda. Sport zallarining yoritilishi, isitish tizimi, pol qoplamasi, xavfsizlik talablari, shuningdek, inventarlarning yetarliligi va
ulardan foydalanish darajasi tahlil qilinmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 16-Bodomtepa saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna va 3-Bog`bon saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g`li tomonidan Parkent tumani “Bodomtepa” mahallasida joylashgan 47-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida maktab sport zalining holati, mavjud sport anjomlari hamda o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar joyida ko‘zdan kechirildi.
Nazorat-taxlil tadbiri bevosita maktab joylashgan “Mahalla yettiligi” va maktab ma`muriyati hamkorligida tashkil etildi. Tadbir yakunida o‘qituvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar tinglandi.O‘rganishlar natijasida sport anjomlarini yangilash va joriy ta’mirlash ishlarini
jadallashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
  

Slide 1 of 5